Bosh sahifa

Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne ogir sinovlar, mashaqqatli kunlarni kormadi. Oz ozodligi, erkinligi, tinch hayoti yolida kurashib, behisob qurbonlar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon ochmaydi.

Islom Karimov



Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-may sanali Qatagon qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'grisidagi Farmoni asosida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuida barpo etilgan.

2002-yil 31-avgustda mamlakatda ilk bor nishonlangan Qatagon qurbonlarini yod etish kunida tantanali ravishda ochilgan.

Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2 hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bolimdan iborat bolgan.

2008-yil 5-may kuni davlat rahbarining Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish togrisidagi  PQ-861-son Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta ozgarishlar amalga oshirildi.

Muzeyning qayta tamirlangan va kengaytirilgan binosi qosh gumbazli ekspozitsiya uchun moljallangan 3 ta zaldan iborat. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer tolasi 1568 m2.

Muzey yangilangan ekspozitsiyasi 10 ta bolimdan iborat.