Muzey maqsadi va vazifalari

Qatagon mavzusini ilmiy organish borasida amalga oshirilgan ishlarni, yangi topilgan malumot va faktlarni keng yoritish, ekspozitsiyalar vositasida tariximizning ana shunday fojiali sahifalari haqidagi haqiqatni jamoatchilikka, ayniqsa, osib kelayotgan yosh avlodga xolis va haqqoniy asosda yetkazish muzeyning bosh maqsadi hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-noyabrdagi Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatini tashkil etish togrisidagi 387-sonli qarorida muzeyning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi:


  • qatagonchilik siyosatining paydo bolishi sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish;
  • mamlakatimiz fuqarolarini va ayniqsa yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash;
  • qatagon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogliq manaviy-marifiy tadbirlarni amalga oshirish va targib etish;
  • qatagon qurbonlarining hayoti va faoliyatini organish, ilmiy-ijodiy merosini toplash, nashrga tayyorlash va chop etish.