Muzey nashrlari

Tarixning noma’lum sahifalari

6-kitob

2017

Mazkur kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz yoki umuman o’rganilmagan muhim masalalarga oid ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, shuningdek, o’z taqdirida murakkab tarixiy davrning fojiali voqealarini ifodalagan shaxslar haqidagi xotiralar ilk bor e’lon qilinmoqda.

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi va “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tomonidan an’anaviy tarzda 6-kitob sifatida nashr etilmoqda. Ilmiy jamoa bundan keyin ham shunday hujjat va materiallar, ilmiy maqola va xotiralardan iborat  kitoblarni nashr etib boradi.

Ushbu kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talabalariga mo’ljallangan.

Mas’ul muharrirlar t.f.d. B.Hasanov, f.f.d. N.Karimov. Toshkent. 2017-yil


* * *

O’zbekistonda sovet davrida

amalga oshirilgan siyosiy kampaniyalar

2017_02

Ushbu to’plamga O’zbekiston sovet davrida amalga oshirilgan siyosiy kampaniyalar hamda ularning oqibatlari bilan bog’liq masalalarni o’rganishga va yuzaga chiqarishga qaratilgan ma’ruza matnlari kiritilgan bo’lib, O’zbekiston tarixining o’ta murakkab va ziddiyatli sovet davri tarixi bilan qiziquvchi tarixchi, siyosatshunos, adabiyotshunos, faylasuf va boshqa soha mutaxassislari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan ishlarni to’ldiradi hamda shu davr tarixini to’g’ri yoritishga xizmat qiladi.

Mas’ul muharrirlar B.Hasanov, N.Karimov. Toshkent. 2017-yil

* * *

Tarixning noma’lum sahifalari

5-kitob

2016-01

Mazkur kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz yoki umuman o’rganilmagan muhim masalalarga oid ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, shuningdek, o’z taqdirida murakkab tarixiy davrning fojiali voqealarini ifodalagan shaxslar haqidagi xotiralar ilk bor e’lon qilinmoqda.

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi va “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tomonidan an’anaviy tarzda 5-kitob sifatida nashr etilmoqda. Ilmiy jamoa bundan keyin ham shunday hujjat va materiallar, ilmiy maqola va xotiralardan iborat  kitoblarni nashr etib boradi.

Ushbu kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talabalariga mo’ljallangan.

Mas’ul muharrirlar t.f.d. B.Hasanov, f.f.d. N.Karimov. Toshkent. G’afur G’ulom nashriyoti, 2016-yil .

* * *

Jadid ma’rifatparvarlik harakatining

g’oyaviy asoslari

2016-02

Mazkur to’plamga kiritilgan maqolalar Turkiston jadidchilik harakati va uning ma’naviy-ma’rifiy asoslarining mohiyati, jadidlarning xalq tafakkurini o’stirish, ma’naviyatini boyitish yo’lida olib borgan kurashlari, jadidchilik g’oyalarining Turkistonga tarqalishida milliy matbuot, badiy adabiyot va teatrning ahamiyati va ularning ijodida Milliy istiqlol g’oyasining ifodalanishdagi o’ziga xosliklarini o’rganish nazarda tutilgan. Shuningdek, O’zbekiston tarixining o’ta murakkab va ziddiyatli davrining so’nggi yillarida tarixchi, siyosatshunos, adabiyotshunos, faylasuf va boshqa mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni to’ldiradi va tarixan to’g’ri xulosalarga kelishga ko’mak beradi.

Mas’ul muharrirlar B.Hasanov, N.Karimov. Toshkent. Toshkent Islom universiteti, 2016. – 216 b.

* * *


Taraqqiyot va hurriyat ishqida. Al-izohjurnali sahifalaridagi she’rlar

2016“Al-Izoh” jurnalida e’lon qilingan ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy mavzulardagi she’rlardan tuzilgan mazkur risola O’zbekistonning XX asr boshlaridagi tarixi hamda adabiyotini tadqiq etayotgan tarixchilar, adabiyotshunos, matnshunos va manbashunos mutaxassislar, talaba yoshlar, qolaversa, keng kitobxonlar uchun mo’ljallangan.

Risola “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Turkistonlik jadidlarning yangi tafakkur va ma’naviyatga qo’shgan hissasi (1900-1930-yy.) multimediali o’quv dvsturi” mavzuidagi ilmiy-amaliy Davlat dasturi doirasida nashr etilgan.

Nashrga tayyorlovchi, so’zboshi va izohlar muallifi: M.F.Zikrullayev. Toshkent. 2016

* * *

Naim Karimov

1937-1938-yillardagi

Katta qirg’in”ning fojiali oqibatlari

2015-01

Ushbu risola muallifning 2013-yilda chop etilgan “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va omillari” risolasining mantiqiy davomi bo’lib, unda 1937-1938-yillardagi dahshatli siyosiy qatag’onning o’zbek xalqiga, uning fani va texnikasi, maorif va madaniyati, sanoati va qishloq xo’jaligiga keltirgan katta talofati to’g’risida bahs yuritiladi.

Risola Fan va texnologiyalar agentligi (sobiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi)ning “1937-1938 yillardagi siyosiy qatag’on: “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” amaliy ilmiy tadqiqot doirasida nashr etilgan.

(mas’ul muharrir t.f.d. B.Hasanov) – T.: MUMTOZ SO’Z, 2015

* * *

Qatag’on qurbonlari va ularning adabiy-badiiy hamda publisistik merosi.

Ilmiy maqolalar to’plami

3

XX asrning 30–50-yillardagi stalincha qatag’on davrida o’zbek xalqining ko’plab farzandlari “xalq dushmani” sifatida ayblanib, yo’q qilib yuborildi.

Mustaqillik yillarida tarixiy haqiqatni tiklash maqsadida Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilgan xayrli ishlar natijasida begunoh jabrlangan qatag’on qurbonlarining pok nomlari tiklanib, ularning aksar asarlari xalqqa qaytarildi va ular haqida kitob, risola va maqolalar yozildi. Ammo shu mudhish yillarda jabrlangan ilm va ijod ahli o’rtasida shunday shaxslar ham borki, ularning ilmiy va adabiy meroslari shu vaqtgacha o’rganilmay keladi.

Ushbu risoladan o’rin olgan maqolalarda shunday jabrdiydalar va ularning ilmiy-ijodiy meroslari haqida fikr yuritilgan.

Toshkent. MUMTOZ SO’Z, 2015-yil

* * *

Bahrom Irzaev


Katta qirg’in”ning kelib chiqishi arafasidagi siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy sharoit

1

Ma’lumki, sovet imperiyasi o’zining misli ko’rilmagan qatag’on siyosati bilan insoniyat tarixida mudhish iz qoldirgan edi. Mazkur risolada mustabid tuzum tomonidan o’tkazilgan qatag’on siyosati va uning kelib chiqish sabablari haqida mushohada yuritilgan.

Risola Fan va texnologiyalar agentligi (sobiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi)ning  “1937-1938 yillardagi siyosiy qatag’on: “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” amaliy ilmiy tadqiqot doirasida nashr etilgan.

Toshkent. “Fan” nashriyoti, 2014. - 56 bet

                        * * *

1937-1938-yillarda qatag’on qilingan vatandoshlarimizning

Xotira kitobi

Andijon viloyati

2014

“Xotira kitobi”ning 1-jildida 1937-1938-yillardagi “Katta qirg’in” davrida Andijon viloyati bo’yicha qatag’on qilingan 1727 kishi haqidagi ma’lumotlar alifbo tartibida keltirilgan.

Mas’ul muharrirlar B.Hasanov, N.Karimov

Toshkent. Yangi asr avlodi. 2014-yil.




* * *



Abdulla Qodiriy ijodining Milliy g’oya targ’iboti va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

Ilmiy maqolalar to’plami

2014

Ushbu ilmiy maqolalar to’plami Abdulla Qodiriy tug’ilgan kunining 120 yilligi munosabati bilan muzey tomonidan o’tkazilgan ilmiy konferensiya materiallari asosida tayyorlangan.

To’plam Fan va texnologiyalar agentligi (sobiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi)ning “1937-1938-yillardagi siyosiy qatag’on: “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” amaliy ilmiy tadqiqot doirasida nashr etilgan.

Mas’ul muharrirlar B.Hasanov va N.Karimov

Toshkent. MUMTOZ SO’Z, 2014. 78-b

             * * *

Baxtiyor Hasanov 

Katta qirg’in”ning paydo bo’lishi uchun

huquqiy hujjatlar bazasi” 

2Ma’lumki, sovet davlati 30-50-yillardagi ommaviy qatag’onlarni VKP(b) – KPSS Siyosiy byurosi va shaxsan Stalin boshchiligida harbiylashtirilgan maxsus organlarga tayangan holda amalga oshirgan. Zulm va bedodlik avj olgan o’sha davrda nafaqat davlat va partiya arboblari, balki fan, maorif, madaniyat va boshqa sohalarda ishlagan, keyinchalik “xalq dushmani” deb e’lon qilingan minglab kishilarga nisbatan shafqatsiz jazo choralarini qo’llagan. Sovet davlati, jumladan, 1937-1938-yillardagi “Katta qirg’in”ni amalga oshirishdan avval bu g’ayri insoniy kampaniyani o’tkazishga asos bo’la oluvchi “me’yoriy-huquqiy hujjatlar”ni ishlab chiqqan. Ushbu risola mazkur masalaga bag’ishlangan.

Risola Fan va texnologiyalar agentligi (sobiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi)ning “1937-1938 yillardagi siyosiy qatag’on: “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” amaliy ilmiy tadqiqot doirasida tayyorlangan va nashr etilgan.

Toshkent.  MUMTOZ SO’Z, 2014. 4 b

                                                          * * *

Murod Zikrullaev

“Katta qirg’in” tarixining muhim sanalari”

o’quv qo’llanmasi.

Ma’lumotnoma

4

Ushbu solnoma yo’nalishida yaratilgan ma’lumotnomadan 1937-1938-yillarda sovet davlati tomonidan o’tkazilgan mash’um qatag’on siyosati bilan bog’liq muhim sanalar joy olgan.

Ma’lumotnomadan tarixchi olimlar, filologlar, oliy o’quv yurtlari talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.

Ushbu o’quv qo’llanmasi Fan va texnologiyalar agentligi (sobiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi)ning “1937-1938-yillardagi siyosiy qatag’on: “Katta qirg’in”ning kelib chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” mavzuidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida nashr etildi.

Toshkent. “Fan”, 2013-yil. 2,32 b.t.

* * *

Tarixning noma’lum sahifalari

4-kitob

5

Mazkur kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz yoki umuman o’rganilmagan muhim masalalarga oid ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, shuningdek, o’z taqdirida murakkab tarixiy davrning fojiali voqealarini ifodalagan shaxslar haqidagi xotiralar ilk bor e’lon qilinmoqda.

“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi va “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tomonidan an’anaviy tarzda 4-kitob sifatida nashr etilmoqda. Ilmiy jamoa bundan keyin ham shunday hujjat va materiallar, ilmiy maqola va xotiralardan iborat  kitoblarni nashr etib boradi.

Ushbu kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talabalariga mo’ljallangan.

Mas’ul muharrirlar t.f.d. B.Hasanov, f.f.d. N.Karimov. Toshkent. G’afur G’ulom nashriyoti, 2013-yil.

* * *


Repressiya. 1937-1938 godi. Hujjat va materiallar. (rus tilida) / Mas’ul muharrir N.Karimov. - T.: Sharq, 2005. 1-kitob. 285 b.

Mazkur to’plamda e’lon qilingan hujjat va materiallar muayyan miqdorda 1937-1938 yillardagi qatag’onlar tarixiga oydinlik kiritadi.

To’plamda O’zbekiston Respublikasi bo’yicha qatag’on qurbonlarining Xotira kitoblarini yaratishga dastlabki qadam qo’yilgan.

R.Shamsutdinov. Qatag’on qurbonlari (1937 yil 10 avgust – 5 noyabr). 2-kitob / mas’ul muharrir N.Karimov. –T.: Sharq, 2007. -496 b.

Ushbu kitobda qizil saltanatning qatag’on siyosati, begunoh kishilarning qatl etilishi, konsentrasion va mehnat tuzatuv lagerlariga uzoq muddat bilan qamoqqa tortilishi, butun sovetlar mamlakatida bo’lganidek, O’zbekistonda ham mudhish “katta terror”ning amalga oshirilishi to’g’risida hujjat va materiallar asosida ma’lumot beriladi. Unda maxfiylik tamg’asi bilan saqlangan arxiv hujjatlaridan keng foydalanilgan.

Repressiya. 1937-1938 gg. Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. 1937 god, dekabr. Hujjat va materiallar (rus tilida), 3-kitob. -  T.: “Sharq”, 2007. -495 b.

Mazkur to’plam O’zSSR NKVD “uchligi”ning faqatgina uch dona yig’ilishi protokolini o’z ichiga oladi. Ularda 1937 yil noyabr oyida qatag’on qurboni bo’lgan ko’p vatandoshlarimizning ayanchli taqdiri o’z aksini topgan. Ularning barcha 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida, qolaversa O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng oqlangan.


Repressiya. 1937-1938 gg. Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. 1937 god, dekabr. Hujjat va materiallar. (rus tilida). 4-kitob. - T.: “Sharq”, 2008. -572 b.

Mazkur to’plam O’zSSR NKVD “uchligi”ning faqatgina uch dona yig’ilishi protokolini o’z ichiga oladi. Ularda 1937 yil dekabr oyida qatag’on qurboni bo’lgan ko’p vatandoshlarimizning ayanchli taqdiri o’z aksini topgan. Ularning barcha 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida, qolaversa O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng oqlangan.


Shamsutdinov R. Qatag’on qurbonlari. 5-kitob. -T.: “Sharq”, 2009. -413 b.

Tragediya sredneaziatskogo kishlaka: kollektivizasiya, raskulachivanie, ssilka, 1929-1955 gg.: Hujjat va materiallar (rus tilida) / Mas’ul muharrir D.Alimova. T-1. –T.: “Sharq”, 2006. -656 b.


Tragediya sredneaziatskogo kishlaka: kollektivizasiya, raskulachivanie, ssilka, 1929-1955 gg. Hujjat va materiallar (rus tilida) / Mas’ul muharrir D.Alimova. T-2. –T.: Sharq”, 2006. -496 b.


Tragediya sredneaziatskogo kishlaka: kollektivizasiya, raskulachivanie, ssilka, 1929-1955 gg.: Hujjat va materiallar (rus tilida) / Mas’ul muharrir D.Alimova. T-3. –T.: “Sharq”, 2006. -352 b.


“Ismail Gasprinskiy va Turkiston” (o’zbek va rus tillarida) / mas’ul muharrir Naim Karimov. –T.: “Sharq”, 2005, 288 b.

I.Gaspirinskiy (1851-1914) – Turkistondagi jadidchilik harakatining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan siymolardan biri. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o’zbek maktablarida ta’lim tizimining isloh etilishi, shuningdek, o’zbek milliy matbuotining paydo bo’lishi uning nomi bilan bog’liq. Ushbu kitobdan o’rin olgan maqolalar I.Gasprinskiyning Turkistondagi milliy uyg’onish davri ma’rifati va madaniyatiga ko’rsatgan ta’siri hamda uning o’zbek jadidlari bilan o’zaro aloqalarini yoritish masalalariga bag’ishlangan.

Kitob milliy uyg’onish davri tarixi va madaniyati bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf, pedagog va jurnalistlarga, shuningdek, oliy o’quv yurtlarining aspirantlari hamda talabalariga mo’ljallangan.


Sh.Turdiev. Ular Germaniyada o’qigan edilar. –T.: Akadem-xizmat,  2006 . 265 s.

Taniqli adabiyotshunos olim Sh.Turdiev uzoq yillardan beri katta bir qismi 1937 yil voqealarining qurboni bo’lgan, kichik bir qismi esa qatag’ondan qochib, Turkiyada panoh topgan sobiq talabalarning fojeali taqdirini o’rganib kelgan.

Arxiv hujjatlari va jonli xotiralar asosida yozilgan kitob mazkur talabalarning Germaniyadagi hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi.

Kitob o’zbek halqining XX asrdagi tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan.


Karimov N. Qurbon Beregin qismati. –“Shahidlar xotirasi” hayriya jamg’armasi, “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti 2006. – 112b.

Risola o’zbek xalqi madaniyatining taraqqiyoti yo’lida xizmat qilgan taniqli jamoat arbobi, qatag’on davrining qurbonlaridan biri Qurbon Beregin hayoti va ijtimoiy faoliyatiga bag’ishlangan.


Tarixning noma’lum sahifalari. hujjat va materiallar. K.1 / to’plovchi va mas’ul muharrir N.Karimov; tahrir hay’ati B.V.Hasanov va boshq.; “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi, O’zFA “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi. –T.: G’ofur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. -224 b.

Ushbu kitobda O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz o’rganilgan yoki umuman tadqiq etilmagan muhim masalalarga oid hujjat va materiallar ilk bor e’lon qilingan.

Kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talablariga mo’ljallangan.


Tarixning noma’lum sahifalari. Ilmiy maqolalar. Hujjat va materiallar. Xotiralar. Ikkinchi kitob. / Mas’ul muharrirlar B.Hasanov, N.Karimov. –T.: O’qituvchi, 2010. 307 bet.

Ushbu kitobda O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz o’rganilgan yoki umuman tadqiq etilmagan muhim masalalarga oid hujjat va materiallar ilk bor e’lon qilingan.

Kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talablariga mo’ljallangan.


Tarixning noma’lum sahifalari. Ilmiy maqolalar. Hujjat va materiallar. Xotiralar. Uchinchi kitob / Mas’ul muharrirlar B.Hasanov, N.Karimov. –T.: O’zbekiston, 2012. -278 bet.

Ushbu kitobda O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davrida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ro’y bergan, ammo tarixchi olimlar tomonidan oz o’rganilgan yoki umuman tadqiq etilmagan muhim masalalarga oid hujjat va materiallar ilk bor e’lon qilingan.

Kitob O’zbekiston tarixining mustamlakachilik davri bilan shug’ullanuvchi tarixchi, adabiyotshunos, faylasuf va yurist olimlar, aspirantlar hamda oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlarining talablariga mo’ljallangan.


Botu. Tanlangan asarlar. – T.: “Sharq”, 2004-192 b.

Botu tahallusi bilan ijod qilgan Mahmud Hodiev (1904-1938) XX asrning 20-yillarida xalqimiz o’rtasida nafaqat shoir, balki har tomonlama bilimli, iste’dodli va fidoyi jamoat arbobi sifatida ham tanilgan. U, ayniqsa, yoshlik nashidasi bilan sug’orilgan tengdoshlarining olijanob intilishlariga ruh va kuch bag’ishlaydigan she’rlari bilan yosh avlodning mehr-muhabbatini qozongan edi.

Botu 26 yoshida “aksilinqilobchi”, “millatchi” va “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, o’n yillik jazo muddatini o’tash uchun dastlab Soloves orollariga yuboriladi, so’ngra 1938 yil 9 mayda Moskvada otib tashlanishi bilan uning porloq adabiy istiqboliga qonli nuqta qo’yiladi.

Ushbu “Tanlangan asarlar” shoir tug’ilgan kunining 100 yilligiga atab, nashr etilgan.


Xalq xotirasi oldida bosh egamiz. Hujjatlar, ma’ruzalar, xotiralar, xatlar. “Sharq” nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati 2001. Muharrir: Naim Karimov.


Sirojiddin Ahmad. Qayum Ramazonning ushalmagan armonlari. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti – 2005. Mas’ul muharrir Naim Karimov.


Qor qo’ynida lolalar (qatag’on qilingan ayollar haqida ocherklar). Mas’ul muharrir B.Sharipov. Toshkent, “Akademiya”, 2001 y. – 213 b.

Yillar va davrlar o’tadi. Ammo mustabid sovet tuzumining o’zbek xalqiga keltirgan jabru jafolar aslo unitilmaydi.

Fransiyada o’tgan asrlarda ro’y bergan qatag’onni Varfolomey kechasi, deb atashadi. Shu bir kechaning o’zida yuzlab odamlar qirib tashlangan. Mustabid sovet tuzumi davrida esa bunday kechalar oz bo’lmagan. Birgina 1937-1938 yillarning dahshatli kechalarida minglab vatandoshlarimiz qamoqqa olinib, yo’q qilinib yuborilgan. Ana shu bechora, jabrdiyda jafokash kishilar orasida “insoniyatning go’zal bo’lagi” – ayollar ham bo’lishgan.

Mazkur kitob ana shu munis ayollarimiz haqida.


“Shahidlar xotirasi”. Mas’ul muharrir: Naim Karimov. Sharq nashriyoti-matbaa konserni bosmaxonasi. Toshkent, “Buyuk Turon” ko’chasi, 41


Qatag’on qurbonlari. Xotira (Buxoro viloyati). Mas’ul muharrir Shamsutdinov R.T. – “BUXORO” nashriyoti. 2009 yil. 160 bet.

Ushbu kitobda XX asrning 20-30 yillarda qatag’onga uchragan, “Katta terror” (1937-1938 yy.) yillarida otilgan, MTL qamoqlariga hukm qilingan buxorolik yurtdoshlarimiz qismati aks ettirilgan. Kitobda O’zbekiston Respublikasi MXX arxivi, “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspedisiya xayriya jamg’armasi fondlaridagi hujjatlardan foydalanildi.


“Husaynxon Niyoziy – xalq professori”. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi Davlat nashriyoti. Toshkent – 2001. “Shahidlar xotirasi” xayriya jamg’armasi.

Ushbu risola O’zbekistonda birinchi fizika va kimyo darsliklari muallifi, pedagog olim Husayinxon Niyoziyning hayot yo’li va ilmiy-pedagogik faoliyatini yoritishga bag’ishlangan.

Qatag’on yillarida shahid ketganlardan biri, tabiiy fanlar jarchisi Husayinxon Niyoziy o’zining qisqa hayoti davomida salmoqli ilmiy va ilmiy-texnik meros qoldirgan. Risola Husayinxon Niyoziy faoliyatining bugungi ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida hikoya qiladi.


“O’zbekistonda savet davlatining qatag’on siyosati: kelib chiqishi sabablari va fojeali oqibatlari”. Ilmiy maqolalar to’plami. –T.: Yusuf yangi nashr, 2012 y.

Ushbu ilmiy maqolalar to’plamida Respublikamiz tarixchi olimlari, yosh tadqiqotchilarning tariximizning ayanchli, hasratli, fojiali sahifalaridan biri Sovetlarning O’zbekistonda olib borgan qatag’on siyosati va uning mudxish oqibatlariga oid mustaqillik yillarida olib borgan ilmiy-izlanishlari natijalari o’z aksini topgan.


Svideteli stalinskix repressiy v Tashkente: Arxitektura i lyudi: yo’lko’rsatkich (rus tilida) / loyiha rahbari B.Xasanov; mas’ul muharrirlar: B.Xasanov, A.Sobirov. –T.: Yangi Nashr, 2011. -92 b.

Yo’lko’rsatkich Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Vazirligi (BMZ) yordamida, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasi Tarix institutining dvv international vakolatxonasi va Konrad Adenauer Fondi tomonidan qo’llab-quvvatlangan “Toshkentdagi stalincha qatag’on shohidlari: arxitektura va odamlar” mavzuidagi loyihasi doirasida nashrdan chiqarildi. Ushbu nashrda qatag’on qurbonlari xotirasini yod etish borasida alohida tarixiy ahamiyatga ega Toshkentdagi 16 ta muhim me’moriy ob’ekt haqida ma’lumot berilgan.

.


Svideteli stalinskix repressiy v Tashkente: Arxitektura i lyudi: yo’lko’rsatkich (nemis tilida) / loyiha rahbari B.Xasanov; mas’ul muharrirlar: B.Xasanov, A.Sobirov. –T.: Yangi Nashr, 2011. -92 b.

Yo’lko’rsatkich Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Vazirligi (BMZ) yordamida, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasi Tarix institutining dvv international vakolatxonasi va Konrad Adenauer Fondi tomonidan qo’llab-quvvatlangan “Toshkentdagi stalincha qatag’on shohidlari: arxitektura va odamlar” mavzuidagi loyihasi doirasida nashrdan chiqarildi. Ushbu nashrda qatag’on qurbonlari xotirasini yod etish borasida alohida tarixiy ahamiyatga ega Toshkentdagi 16 ta muhim me’moriy ob’ekt haqida ma’lumot berilgan.