Muzey t a r i x i


Ozbekiston mustaqil Respublika deb elon qilingandan keyin mamlakatda Prezident I.A.Karimov rahbarligida amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bolgan, otgan asrning 30-50-yillarida xalq dushmani sifatida qatagon etilgan va shu sababli nomlari ozbek xalqi hamda madaniyati tarixidan ochirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklash boldi.

Respublika Prezidentining 1999-yil 12-mayda imzo chekkan Farmoyishiga kora, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi tuzildi.

Shu yili iyul oyida hukumat qarori asosida Shahidlar xotirasi xayriya jamgarmasi tashkil etildi. Natijada bolgusi muzeyning korgazma vositalarini shakllantirish boshlandi.

2000-yil 12-may kuni Toshkentning Yunusobod tumanida barpo etilgan Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuining tantanali suratda ochilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va manaviy hayotida ulkan voqea boldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan  biriga aylandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil 1-may sanali Qatagon qurbonlarini yod etish kunini belgilash to`grisidagi Farmoni asosida Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuida Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi barpo etildi.

Muzey 2002-yil 31-avgustda mamlakatda ilk bor nishonlangan Qatagon qurbonlarini yod etish kunida tantanali ravishda ochildi.

Yodgorlik majmui va muzey barpo etilgan joy XX asrning 20-yillaridan to Ikkinchi jahon urushi boshlanguniga qadar sovet davlatining jazo organlariga qatlgoh bolib xizmat qilgan. Toshkent shahrida otilgan qatagon qurbonlari shu yerdagi uchta qatlgohga dafn etilganlar. Yodgorlik majmui ana shu sobiq uch qatlgoh hududlarini ozaro birlashtirib turadi. Agar ramziy sagana yodgorlik majmuining memorial markazi hisoblansa, muzey binosi uning marifiy markazi bolib xizmat qiladi.

Muzey binosi Bozsu boyida, bahavo joyda joylashgan bolib, bir qavatdan iborat, yerdan balandligi 20 m. Dastlabki bino bir gumbazli 400 m2 hajimdagi yagona ekspozitsiya zalidan tashkil topgan. Bino atrofi 28 ta naqshinkor ustunlar kotarib turgan ayvondan iborat bolgan. Uning umumiy maydoni 784 m2 tashkil etgan. Bino ozbek milliy memorligi ananalari asosida qurilgan. Muzeyning birinchi ekspozitsiyasi 6 bolimdan iborat bolgan.

2007-yilning 31-avgustida Prezident I.A.Karimovning muzeyga tashriflari chogida, ushbu muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, qatagon qurbonlari tarixi va achchiq qismatini yanada kengroq organish va muzey ekspozitsiyasida aks ettirish maqsadida unga qoshimcha bino qurish haqida aytib otildi. Ajdodlarning ananalarini davom ettirish, hozirgi kunlarning qadriga yetishga, ekspozitsiyada nafaqat bugungi  kun, balki kelajak uchun ham goyat muhim ahamiyatga ega bolgan hujjat va eksponatlarni korsatilishi lozimligi takidlandi. 2008-yil 5-may kuni davlat rahbarining Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyining faoliyatini yanada takomillashtirish togrisidagi  PQ-861-son Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror ijrosi natijasida muzeyda katta ozgarishlar amalga oshirildi.

Muzeyning qayta tamirlangan va kengaytirilgan binosi qosh gumbazli ekspozitsiya uchun moljallangan 3 ta zaldan iborat inshoot bolib, atrofini oyma naqshinkor ayvon orab turadi. Ayvonning tort tarafidan 42 ta milliy naqshlar oyilgan, boyi 5 yarim metrli ustunlar kotarib turadi. Binoning ekspozitsiya zallarining maydoni 960 m2 tashkil etadi. Ayvon qismi 640 m2, yer tolasi 1568 m2.

Muzey ekspozitsiyasi 10 ta bolimdan iborat.

Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyning yangi ekspozitsiyasini tashkil qilish jarayonida OzR Fanlar akademiyasi, OzR Arxiv agentligi, Kartografiya boshqarmasi, Ozbekiston matbuot agentligi, Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ozbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Vesmistr Universiteti, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Sovplastital korxonasi bilan hamkorlikda ish olib borildi. Shu bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Milliy Xavfsizlik xizmati, Oliy sud, arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlardan ekspozitsiyada foydalanish uchun olindi.