Respublika ilmiy-amaliy anjumani haqida

Respublika ilmiy-amaliy anjumani haqida



Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyida Respublika ilmiy-amaliy anjumani otkazildi

Joriy yilning 26-aprel kuni muzeyda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-martdagi 178-f-sonli farmoyishi asosida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, Toshkent jadid marifatparvarlarining otasi, taraqqiyparvar pedagog Munavvar qori Abdurashidxonov tavalludining 140 yilligiga bagishlangan Munavvar qori Abdurashidxonovning ilmiy-pedagogik merosi hamda Ozbekistonda talim tizimini yangilash va rivojlantirish muammolari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani otkazildi.

1

Anjuman Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasidagi yurt ozodligi va millat ravnaqi uchun kurashib, mustabid tuzum davridagi qatagon qurboni bolgan vatandoshlarimizning xotirasi uchun ornatilgan razmiy qabr oldida ajdodlarimizni yod etish va ruhlariga ehtirom korsatish bilan boshlandi.

2

Anjuman Qatagon qurbonlari xotirasi muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan 1937-1938 yillarda Ozbekistondagi Katta qirgin (ensiklopediya, I qism) mavzularidagi ilmiy-amaliy Davlat dasturi bilan bogliq bolib, Munavvar qori Abdurashidxonovning adabiy va ilmiy-pedagogik merosi, ijtimoiy-siyosiy va pedagogik faoliyatining hozirgi kundagi ahamiyati organildi.

3

Anjumanda Respulikamizning taniqli olimlari, bir qator davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari hamda Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti, Toshkent islom universiteti, Nizomiy nomidan TDPU, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji professor-oqituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etdilar.

4


2018-05-02 10:55:50